O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov jurnalist savoliga javoban Amerikaga belgilanganidan ko‘proq o‘yinchi olib ketilishini ma’lum qildi.
«26 may kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Nyu-York shahriga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun uchib ketadi. AQSHdagi shu yig‘inga 30 nafar futbolchini olib ketish rejalashtirilgan. Xabaringiz bor, JCH-2026 uchun 26 nafar o‘yinchini yakuniy ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutilgan. 4 nafar o‘yinchini esa har ehtimolga qarshi olib boramiz. Xudo ko‘rsatmasin, jarohatlar bo‘lmasin-u, har qanday noxush vaziyat bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda 4 futbolchini AQSH va Kanadadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga olib boramiz», — dedi Ravshan Ermatov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongoga qarshi maydonga tushadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.
Ravshan Ematovning fikrlari bilan tanishing