📋 Hududiy futbol akademiyalari sport direktorlari Rossiyaning yetakchi futbol markazlaridan biri — “Krasnodar” akademiyasida malaka oshirishmoqda.
Malaka oshirish jarayonida mutaxassislar zamonaviy futbol metodikasi, yosh futbolchilarni tayyorlash tizimi, seleksiya ishlari, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda akademiya boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishmoqda.
Bunday xalqaro tajriba almashinuvi yosh futbolchilarni sifatli tayyorlash, murabbiylar salohiyatini oshirish hamda akademiyalar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
