Tijorat

🌎 Dunyoning eng qimmat klublari e’lon qilindi
Nufuzli «Forbes» jurnali dunyodagi eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi. Unda Ispaniyaning 🇪🇸»Real Madrid» jamoasi ketma-ket beshinchi marta jahonning eng qimmat futbol klubi deb topildi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkich – 6,75 milliard dollardan 41 foizga yuqori.
🇪🇸»Barselona» (7,5 milliard dollar) va 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Manchester Yunayted» (7,2 milliard dollar) ham kuchli uchlikdan joy oldi.
Shuningdek, eng qimmat o‘nta klub qatoriga 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Liverpul» (6,2 milliard dollar), PSJ (5,8 milliard dollar), 🇩🇪»Bavariya» (5,7 milliard dollar), 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Manchester Siti» (5,5 milliard dollar), 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Arsenal» (5,4 milliard dollar), 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Chelsi» (4,2 milliard dollar) va 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿»Tottenhem» (3 milliard dollar) kirdi.