Ertaga — 2-iyun kuni kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Bugun mazkur bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻyinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 2-iyun kuni “Commonwealth” stadionida soat 06:00 da start oladi.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
