Uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📋 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va futbol sohasining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, hakamlik tizimini takomillashtirish, yosh hakamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning malakasini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, futbolni raqamlashtirish, zamonaviy IT yechimlardan foydalanish va bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.

💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA