Superliga 2-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar yuzasidan onlayn tahlil yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish tajribali instruktorlar boshchiligida o‘tkazildi.Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda Superliga o‘yinlarida faoliyat olib borgan hakamlar va hakamlar nazoratchilari ishtirok etdi.
Tahlil davomida hakamlarning maydondagi joylashuvi va to‘g‘ri pozitsiya tanlashi, yakka kurashlarda qabul qilingan qarorlar hamda jarima maydoni ichida yuzaga kelgan murakkab epizodlar batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ayrim uchrashuvlarda VAR epizodlarini ko‘rib chiqish jarayoniga ortiqcha vaqt sarflangani qayd etilib, bu holat o‘yin dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Tahlil jarayonida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, hakamlik sifatini yanada oshirish, qarorlar qabul qilishda aniqlik va tezkorlikni ta’minlash hamda o‘yin tempini yuqori darajada saqlash yuzasidan qator muhim fikr va tavsiyalar bildirdi.Yig‘ilish yakunida hakamlik sifatini oshirish, yagona talqin va yondashuvni ta’minlash, shuningdek, uchrashuvlar tempini barqaror yuqori darajada ushlab turish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.⚽️
🖥 https://t.me/varuzsuperliga
Superliga 2-turi uchrashuvlari tahlil qilindi