Bugun jamoamiz Paxtakor ga qarshi maydonga tushadi. Shu munosabat bilan jamoamiz safida aynan Paxtakor tizimidan chiqqan yoki u yerda to‘p surgan futbolchilar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Bugungi kunda Navbahor safida 5 nafar Paxtakor tarbiyalanuvchisi bor:Shukron Yo‘ldoshev, Ruslan Jiyanov, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadali Usmonov, Diyor Xolmatov.
Ulardan Diyor Xolmatov hamda Muhammadali Usmonov Paxtakor asosiy jamoasi safida ham ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushgan futbolchilar hisoblanadi.
Saidazamat Mirsaidov esa 2019 yilgi O‘zbekiston Superligasi chempioni — o‘sha mavsumda u chempionlik o‘yinida zaxira tarkibida bo‘lgan
Ruslan Jiyanov Paxtakor asosiy jamoasida o‘ynamagan, faqat yoshlar jamoalarida to‘p surgan. Shukron Yo‘ldoshev bilan ham xuddi shunday holat kuzatilgan.
Bundan tashqari, yana bir futbolchi bor — u Paxtakor tarbiyalanuvchisi bo‘lmasa ham, bir necha yil davomida “Sherlar” safida o‘ynagan. Bu Umar Atxamzoda, u aynan shu mavsumda jamoamiz safiga kelib qo‘shildi.
⚡️ @NavFalcons
