Pro Liga vakillari uchun seminar tashkil etildi

📋 O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan Pro liga vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi

Unda futbolda korrupsiya, kelishilgan o‘yinlar va totalizator kabi salbiy holatlarga qarshi kurashish, ularning sportga ta’siri hamda bunday holatlarga nisbatan qo‘llaniladigan qat’iy choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida halol o‘yin tamoyillariga rioya qilish, shaffoflik va sport etikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Murabbiylar va mutasaddilarga mavzuga oid zarur ma’lumotlar hamda tavsiyalar taqdim etildi.

💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA