O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA Jahon chempionatida birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm qo‘mitasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi hamkorligida FIFA Xalqaro Fan Festivallari doirasida milliy terma jamoamizning FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan qator tadbirlar AQSH davlatida tashkil etiladi.

Tadbirlar davomida muxlislar terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🇲🇽 Mexiko shahri
📍 Global Village Pavilion, Chapultepec Park
🗓 15–21 iyun

📍 Zokalo maydoni (FIFA Fan Festival)
🗓 16-iyun | 15:00
🗓 17-iyun | 13:00 va 16:00

🇺🇸 Hyuston
📍 East Downtown
🗓 22-iyun | 11:00 va 18:00

🇺🇸 Atlanta
📍 Centennial Olympic Park
🗓 26-iyun | 14:00
🗓 27-iyun | 15:15

Barcha vatandoshlarimiz va futbol muxlislarini ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.

✅ Tadbirlarga kirish bepul.

💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA