Ertaga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o’tkazadi.
Bugun mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻyinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq, darvozabonimiz esa toʻq sariq libosda harakat qilishi ma’lum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 18-iyun kuni “Mexico city” stadionida soat 07:00 da start oladi.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
