Bugun OʻFA anjumanlar zalida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mahalla uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur memorandum mamlakatimizda ommaviy futbolni izchil rivojlantirish, mahallalarda zamonaviy sport infratuzilmasini yanada mustahkamlash, yosh isteʼdodlarni erta aniqlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tashabbus futbolni chinakam xalq harakatiga aylantirish, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish hamda ommaviy sport madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Hamkorlik doirasida hududlarda futbol loyihalarini kengaytirish, mahallalarda tizimli sport tadbirlarini yoʻlga qoʻyish va iqtidorli yosh futbolchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilgan.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
