Yangiliklar

UEFA 2027–2029 yillar uchun Yevropa turnirlari finallari o‘tkaziladigan joylarni tasdiqladi. Tashkilotning rasmiy saytida bu haqda ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 2028 yilgi UEFA Superkubogi ilk bor Qozog‘istonda o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bahs Astanadagi «Astana Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. 2027 yilgi Superkubok esa Amsterdamdagi «Yohan Kroyff Arena»da tashkil etiladi.
Shuningdek, 2028 yilgi Chempionlar Ligasi finali Myunxendagi «Alyans Arena»da, 2029 yilgi final esa Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi.

📲 Telegram | LOTINCHAsi | Instagram | ok | Twitter | Youtube | Facebook