O‘zbekiston futbol hakamlar markazi barcha sport jurnalistlari, sharhlovchilar va futbol blogerlarini Superliga 2026-yilgi mavsumining dastlabki 4 ta turi hamda Superkubok o‘yinlariga bag‘ishlangan tahliliy seminarga taklif etadi!
Seminarda nimalar kutilyapti?
🖥 Video tahlil: Uchrashuvlarda qayd etilgan muhim va bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan epizodlar video lavhalar yordamida batafsil ko‘rib chiqiladi.
📘 Qoidalar talqini: Hakamlar qarorlari asosli ekani va futbol qoidalari amalda qanday qo‘llanilgani bo‘yicha mutaxassislar tushuntirish beradi.
🗣 Ochiq muloqot: Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va muhokamalarda faol ishtirok etishlari mumkin.
📝 Tadbirning asosiy maqsadi: OAV vakillari va blogerlar bilan hamkorlikda o‘yin epizodlarini professional tahlil qilish, shuningdek, futbol qoidalarini to‘g‘ri talqin qilib, muxlislarga xolis va aniq ma’lumot yetkazishda ko‘maklashish.
📍 Manzil: O‘FA majlislar zali
🗓 Sana: 23-mart kuni
⏲️ Vaqt: 12:00
