Oʻzbekiston U-17  4:2 “Oqtepa

🇺🇿 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yigʻin doirasida Birinchi liga vakili “Oqtepa” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Mazkur bahsda Sergey Chigodayev shogirdlari 4:2 hisobida gʻalaba qozondilar.

Oʻzbekiston U-17  4:2 “Oqtepa”

⚽️ Terma jamoaning gollariga Ziyodulla Salomov, Abubakir Rahimov, Suhrob Sadirjonov va Laziz Abduraimov mualliflik qildi.
📋 Boshlangʻich tarkib: Olim Shomurodov, Muhammadjon Hakimov (s), Mirjamol Anvarov, Adis Abdunabiyev, Abubakir Rahimov, Islom Ravshanov, Muhammadjon Mamatov, Amirxon Erkinov, Suhrob Sadirjonov, Jahongirmirzo Oʻktamboyev, Ziyodulla Salomov.

🔄 Zaxiradan tushganlar: Mirkomil Murodov, Muhammadodilxon Orifxonov, Mehroj Sirojiddinov, Laziz Abduraimov, Diyor Holiqov, Humoyun Sindarov, Azizillo Erkinjonov, Mironshoh Eshpoʻlatov, Muhammadaziz Roʻziboyev, Elsevar Olimov, Mashhur Abdisoliyev, Abdulboriy Zoidjonov, Ahror Ravshanbekov, Damir Mirzabekov.

Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlarimiz 15-martdan yigʻinning ikkinchi qismini Rabatda davom ettiradi va Marokashga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushadilar.

⚡️ t.me/FAUzbekistan