Hakamlarimiz Jahon Chempionatida qatnashadilar

⚽️ Oʻzbekistonlik hakamlar AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida faoliyat olib boradi.

Xabaringiz bor, 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu mundialda oʻzbekistonlik hakamlar: Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin esa yordamchi hakam sifatida ishlaydi.

Hakamlarimizga Jahon chempionati oʻyinlarida omad tilaymiz.

💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ t.me/FAUzbekistan