Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 22-martdan Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar roʻyxatini e’lon qilganidan xabaringiz bor.
Kengaytirilgan roʻyxatdan oʻrin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yoʻldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Husayn Norchayev jarohati tufayli yigʻinni oʻtkazib yuborishi ma’lum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, #MilliyJamoa FIFA Series doirasida 27-mart kuni Gabon, 30-mart kuni esa Venesuealaga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinlar “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ Uzbekistan FA
