BUGUN QUR’A

Bugun 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida start oladi.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=gNzMtCnEX1Q

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi amaldagi chempion sifatida 1-savatchadan o‘rin olgan:

⚽️ 1-savatcha
🇸🇦 Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
🇯🇵 Yaponiya
🇰🇷 Koreya Respublikasi
🇺🇿 O‘zbekiston

⚽️ 2-savatcha
🇹🇯 Tojikiston
🇦🇺 Avstraliya
🇾🇪 Yaman
🇮🇩 Indoneziya

⚽️ 3-savatcha
🇹🇭
Tailand
🇨🇳 Xitoy
🇻🇳 Vyetnam
🇮🇳 Hindiston

⚽️ 4-savatcha
🇰🇵
KXDR
🇦🇪 BAA
🇶🇦 Qatar
🇲🇲 Myanma

Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi osmirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan