Bekobodning “Metallurg” futbol klubi faoliyati qayta tiklandi

Mazkur klubning faoliyati 2024-yilda to‘xtatilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, “Metallurg” yana Pro Liga ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib,

“Metallurg oldingi mavqeyini yana tiklab, milliy terma jamoaga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishida  omad tilayman”

— deb samimiy tilak bildirdi.

Shuningdek, klub rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi: Ulug‘bek Mirzayev bosh direktor, Ilhom Mo‘minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.