Bayram muborak bo‘lsin!

📋 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan sohaning barcha vakillarini tabriklaydi!

Bugun futbolning ajralmas bo‘lagiga aylanibgina qolmay, ushbu sport rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan matbuot ahli o‘zining sharafli kasb bayramini nishonlamoqda.

Ushbu soha vakillarining o‘tkir qalam va yuksak iste’dod bilan amalga oshirib kelayotgan fidokorona mehnatlarini har qancha e’tirof etsak, arziydi.

Futbol jamoatchiligi nomidan Sizlarni qutlugʻ kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyat, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz.

💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA