Futbolchilarning ekipirovka talablari bo‘yicha ogohlantirish

Musobaqalar davomida futbolchilarning ekipirovkasiga oid talablar Futbol o‘yinlari qoidalari asosida qat’iy nazorat qilinadi.

Unga ko‘ra:

Futbolchining majburiy ekipirovkalari quyidagi qismlardan iborat:
• yengli futbolka
• shorti
• getra (paypoq) — tashqi tomondan yopishtirilgan yoki unga o’ralgan lenta yoki boshqa material getraning o‘sha qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak
• Shitkalar  (shinguard) — ular maxsus materialdan tayyorlangan bo‘lishi, yetarli himoya ta’minlaydigan o‘lchamda bo‘lishi va getra bilan to’liq yopilgan bo‘lishi kerak.
• Shortikning tagidan kiyiladigan kiyim/triko shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil boʼlishi kerak va bitta jamoa oʼyinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur.

Shu munosabat bilan jamoalardan futbolchilarning maydonga chiqishdan oldin ekipirovkalari belgilangan talablarga to‘liq mos bo‘lishi ta’minlashi zarur.

❗️ Qoidalarga zid holatlar aniqlangan taqdirda futbolchi kamchilik bartaraf etilmaguncha o‘yinga qo‘yilmasligi, zarur hollarda esa maydonga tushirilmasligi mumkin.

❕Maʼlumot uchun, ushbu holat boʻyicha qatʼiy chora koʻrish 15-mart kuni boʻlib oʻtadigan Superkubok bahsidan boshlab amalga oshiriladi.

💳 Uzcard | ❤️ Uzum Bank | ⚡️ t.me/FAUzbekistan