“Milan” jamoasi oʻynayotgan Luka Modrich Madriddning “Real” klubiga qaytishi haqidagi maʼlumotlarga munosabat bildirdi.
40 yoshli futbolchi oʻtgan yilning iyun oyida Madridni tark etgan va keyinchalik erkin agent sifatida Italiya klubiga qoʻshilgan edi.
Ayni paytda “Real” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga “Milan”ni boshqarayotgan Massimiliano Allegri nomzodini ham koʻrib chiqmoqda. Italyalik mutaxassis Madriddga keladigan boʻlsa, oʻzi bilan Modrichni olib ketishini bildirgani aytilmoqda.
— Allegri va men “Real”ga boramizmi? Bunaqa mish-mishlar har doim boʻladi, lekin bu meni qiziqtirmaydi. Men bu yerda, “Milan”da juda baxtliman, — dedi Luka Modrich.
Modrich Realga qaytadimi…