O‘zbekiston kubogi bahslari start olmoqda

Bugun, Farg‘onadagi «Samo» sport majmuasida O‘zbekiston kubogi yangi mavsumi boshlanadi.

Birinchi o‘yin kunida «A» guruhi vakillari bellashadilar. BMB — «Guliston» bellashuvi 15:00da boshlansa, «Dizak» — «Paxtakor» to‘qnashuvi 17:00da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, kunning birinchi bahsi «Futbol TV» telekanalida, ikkinchi o‘yin esa «Sport TV» orqali jonli efirda namoyish etiladi.

🇺🇿 BMB  |  ⭐️ SQB

Obuna bo‘ling: @Futsal_Uzbekistan