📋 OAV vakillari, futbol sharhlovchilari va blogerlar uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi
⚡️ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan OAV vakillari, futbol sharhlovchilari va jurnalistlari uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan maxsus seminar tashkil etildi.
🚩 Tadbir davomida IFAB tomonidan futbol o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliyotda qo‘llanish tartibi yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, videolavhalar orqali turli o‘yin vaziyatlari tahlil qilinib, yangi qoidalar asosida hakamlar tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar yuzasidan amaliy misollar ko‘rib chiqildi.
🏳 Seminar davomida mutaxassislar va OAV vakillari o‘rtasida muloqot tashkil etilib, futbol sharhlovchilari hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
