Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Yig‘in dasturiga muvofiq, hakamlar jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan test sinovlarini topshirdi. Shuningdek, psixolog ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash, bosim ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va stressni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, hakamlar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘yin qoidalari, turli o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish va hakamlik amaliyotiga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 9-iyulga qadar davom etadi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
