O‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchilgidagi hakamlar brigadasi mundial 2-turi doirasida Shotlandiya — Marokash (0:1) o‘yinini boshqarib bordi.
Hakamlik qarorlarini tahlil qiluvchi Ispaniyaning mashhur Archivo VAR nashri Ilgiz Tantashevning mazkur bahsdagi harakatlarini yuqori baholab, 7,5 ball berdi.
“U deyarli barcha qarorlarida, jumladan, jarima maydonchasidagi ikkita bahsli vaziyatda ham haq bo‘lib chiqdi. Garchi bu ikki vaziyatda shubhalanishga o‘rin bo‘lmasa-da, o‘zbekistonlik hakam ularga nihoyatda xotirjam munosabat bildirdi”, — deyiladi Archivo VAR izohida.
Ma’lumot uchun, Tantashevga ushbu bahsda qanotlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam berdi.
Qayd etish joiz, Shotlandiya—Marokash uchrashuvida o‘zbekistonlik yana bir futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘yin direktori sifatida ishladi.
