⚽️ O’zbekistonning Kolumbiyaga qarshi o’yinini Entoni Teylor boshqarib boradi

Jahon chempionatidagi dastlabki o’yinimizga bosh hakam sifatida angliyalik 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Entoni Teylor tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam berishadi.

Uchrashuvda to‘rtinchi hakam vazifasini kosta-rikalik 🇨🇷Xuan Kalderon bajaradi. Zaxira hakami sifatida esa uning hamyurti Xuan Karlos Mora qayd etilgan.

ℹ️ Ma’lumot uchun, 🇺🇿 O‘zbekiston — 🇨🇴 Kolumbiya bahsi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.