Jahon chempionatidagi dastlabki o’yinimizga bosh hakam sifatida angliyalik 🏴Entoni Teylor tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam berishadi.
Uchrashuvda to‘rtinchi hakam vazifasini kosta-rikalik 🇨🇷Xuan Kalderon bajaradi. Zaxira hakami sifatida esa uning hamyurti Xuan Karlos Mora qayd etilgan.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 🇺🇿 O‘zbekiston — 🇨🇴 Kolumbiya bahsi 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.
